O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat joyida qoʼlga tushdi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 11 iyunь kuni soat 01:30 da muqaddam sudlangan 30 yoshli Ye.B. Bekobod shahar 13-daha А.Temur koʼchasida joylashgan 29 yoshli А.А., ga tegishli boʼlgan savdo doʼkoniga oʼgʼirlik qilish maqsadida gʼayriqonuniy ravishda oynani sindirib kirgan vaqtida, oyna boʼlagi uning chap oyoq boldir sohasini kesib yuborgan va doʼkon egasi А.А. bu holatdan xabar topib, oʼz vaqtida IIB xodimlariga xabar berishi natijasida Ye.B. IIB xodimlari tomonidan hodisa sodir boʼlgan joyda ushlangan.

Mazkur xolat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi “a” bandi (xavfli retsidivist tomonidan oʼgʼirlikka suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Ye.B. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech