O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs ushlandi

2018 yil 16 sentyabr kuni, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan «Qoradori-2018» tezkor tadbir davomida, Olmaliq shahri hududida fuqaro N.N. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u qo'lidagi sumkasida og'irligi 6 kg. 453 gr. teng «marixuana» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech