O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayol kishining uyidan o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 25 may kunidan 26 may kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Quyichirchiq tumani Do‘stobod shahrida yashovchi 30 yoshli Sh.A., ning (ayol) uyiga darvoza orqali g‘ayriqonuniy yo‘l bilan kirib, 2.500.000 so‘m pulini o‘g‘irlab, narxi 3.000.000 so‘m bo‘lgan “Artel” televizorini noma'lum jism bilan urib sindirib yaroqsiz holatga keltirib hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi
2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 32 yoshli P.U., sodir etganligi aniqlangan va jinoyat ishi bo‘yicha P.U., gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech