O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ko‘cha bo‘ylab bir paket giyohvandlik bilan yurgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 10 aprel' kuni Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 52 yoshli Z.A., Chinoz tumani A.Temur ko‘chasi bo‘ylab piyoda ravishda harakatlanib ketayotgan vaqtida shubha ostiga olinib xolislar ishtirokida uning qo‘lida bo‘lgan polietilen paket ichi ko‘zdan kechirilganda, paket ichida xo‘l holdagi vazni 1055,94 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini olib ketayotganligi aniqlanib, tegishlicha rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Z.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech