O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Firibgar “tadbirkor” qo’lga olindi

2018 yil 5 oktyabr kuni fuqaro D.J. Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tuman hududida fuqaro S.M.ni birgalikda avtomashina savdosi bilan shug’ullanib, mo’may daromad ko’rishlariga ishontirib, uni aldab, buning evaziga undan 45.300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, valyuta qimmatliklarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni juda ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech