O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasini olib qochgan vodiylik yigit ushlandi.

Toshkent viloyati. 2020 yil 10 fevral' kuni 27 yoshli fuqaro A.A., O‘rtachirchiq tumani IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘ziga tegishli "Matiz” rusumli avtomashinasini noma'lum shaxs olib qochib ketganligini bayon qilib, avtomashinasini topib berish va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Fuqaro A.A.,ning arizasiga asosan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi 29 yoshli B.Ya., sodir etganligi aniqlanib, O‘rtachirchiq tumani "Guliston” mahallasi hududidan o‘tgan “Nurafshon-Toshkent” avtomobil' yo‘lining 11 km.da “Matiz” rusumli avtomashina bilan birga qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan B.Ya.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech