O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bezori qo’lga olindi

2018 yil 5 noyabr kuni soat taxminan 21:10da, fuqaro S.I. Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan 14-sonli oilaviy poliklinika oldida bo’la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqaro O.A. bilan o’zaro janjallashib, boshi bilan uning burun qismiga zarba berib, yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do’pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o’zganing mulkiga shikast yetkazish yohud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog’liq holda sodir etilsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech