Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositasini yetishtirgan shaxs qo’lga olindi

2018 yil 11 oktyabr kuni Farg’ona viloyati Buvayda tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan «Qoradori-2018» keng qamrovli tezkor tadbiri davomida fuqaro X.Z. yashash manzilida 3 tup “nasha” o’simligini ekib yetishtirib, uyi omborxonasida 1 kilogramm 21 grammga teng “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof  ravishda ko’p miqdorda tayyorlash, saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech