O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yer to‘ladan ov miltig‘i topildi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 02 may kuni soat 13:30 larda Bekobod tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Bekobod tumani Dehqonobod mahallasida yashovchi 36 yoshli O‘.Sadriddinning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jalik xonalari ko‘zdan kechirilganida xonadon ichki yer to‘lasidan bir dona silliq stvolli ikki og‘izli ov miltig‘i borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud-ballistik ekspertizasining xulosasida ushbu ov miltig‘i 1948 yillarda Rossiyaning Tula zavodida ishlab chiqarilganligi va otish uchun yaroqliligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (qurol, o‘q-dorilarga qonunga xilof ravishda egalik qilish, tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, o‘q-dorilar saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida mazkur ov miltig‘ining kelib chiqish manbai o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech