Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holda avtomashina olib qochgan fuqaroning manziliga yetib olishiga “Nexia” xalaqit berdi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 05 fevral kuni soat 20:30 larda nomaʼlum shaxs Chirchiq shahri Tiklanish ko‘chasi 130-uy oldida turgan fuqaro 29 yoshli Xojiakbar E.,ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinaning kaliti o‘z o‘rnida qoldirib ketilganidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan.

Nomaʼlum shaxs olib qochilgan transport vositasini Chirchiq shahri yo‘nalishidan Bo‘stonliq tumani tomonga boshqarib ketayotib, 4R6 yo‘lining “Toshkent-Chimyon” yo‘nalishi 40-chaqirimida, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, fuqaro Aziz R.,ga tegishli bo‘lgan “Nexia 2” rusumli avtomashinasining orqa chap tomoniga borib urib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan va hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Chirchiq shahrida yashovchi 50 yoshli fuqaro Aleksandr Ch., mast holatda sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Aleksandr Ch.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, Aleksandr Ch.,ga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan

Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni avtomashina ichida qoldirmang.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech