O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ishga kiritishni va'da qilgan firibgar ayolga nisbatan hukm o‘qildi

Qoraqalpog‘iston. 29 yoshli Zul'xumar J. Nukus shahrida yashovchi 61 yoshli T.S.ga uning o‘g‘li 32 yoshli O.A.ni o‘zining mansabdor tanishlari orqali 900 AQSh dollari evaziga Qo‘ng‘irot tumanidagi “O‘zKorgaz” korxonasiga ishga joylashtirib berishini va'da qilib, 2019 yil 07 iyun' kuni 500 AQSh dollari va 01 iyul' kuni 400 AQSh dollari jami 900 AQSh dollari pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, aldab fuqaro O.A.ni ishga kiritmasdan, olgan pullarini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro Zul'xumar J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Zul'xumar J.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 2019 yilning 06 noyabr' kuni jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 2019 yil 06 dekabr' kundagi hukmiga ko‘ra, Zul'xumar J. yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.   

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech