O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxorodagi tovlamachilik, jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan

Buxoro. Buxoro shahrida yashovchi voyaga yetmagan 17 yoshli T.R., 2019 yilning noyabr oyidan 2020 yilning fevralь oyiga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida 20 yoshli G.Yu. bilan oʼzaro gaplashib yurib, B.P., ning fotosuratlarini uyali aloqa vositalariga yuklab olib, ushbu fotosuratni internet tarmoqlarida tarqatib, oshkor qilish bilan qoʼrqitib, sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilib, fotosuratlarni oshkor qilmaslik evaziga 2.850 АQSh dollari va turli xildagi tilla-taqinchoqlarni berishga majbur qiladigan sharoitga solib, G.Yu., ning mulkini tovlamachilik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 18 mart kuni Buxoro shahri 4-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmagan T.R.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a,v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, T.R. gumon qiniuvchi tariqasida jalb qilingan va oʼrnatilgan tartibda ushlangan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. (Matnda koʼrsatilgan ismlar oʼzgartirilgan).

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech