O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xalta ichida 5,6 kilogramm “marixuana” aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 09 may kuni Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida Saidobod mahallasi hududida ketayotgan Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro 51 yoshli S.X., gumonlanib tekshirilganida, u shu mahalla hududidagi dala maydonida oʼsib turgan “marixuana” giyohvandlik oʼsimligini terib, kelgusida sotish maqsadida ularni oʼzining xaltasiga joylab, olib ketayotganligi va yonidagi xalta tekshirilganda uning ichida 5 kg. 615 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Piskent tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. S.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech