O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Urgutda giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi

Urgut tumanida o‘tkazilgan nazorat xarid tadbiri davomi davomida, 2020 yil 25 fevral' kuni taxminan soat 17:00 larda, Urgut tuman “Beshkapa-1” mahallasida yashovchi, 42 yoshli O.P. 0,94 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 750.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech