O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jayronlarni ovlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro. 2020 yilning 16 fevral' kuni soat 17:00 da 37 yoshli O‘.X., Olot tumani “O‘rta cho‘l” massivida yovvoyi holda yashovchi jayronlarni kamyob va yo‘qolib borayotganligi sababli ovlash ta'qiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganligini bila turib, jami ikki bosh jayronlarni “Ural” rusumli motosiklda quvlab, ularni o‘q otar ov quroli bilan otib, nobud qilib ovlab, tabiatga jami 66.900.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2 bosh jayronlar tanasida o‘q-dorilar mavjudligi va ushbu o‘q-dorilar jayronlar o‘limiga sabab bo‘lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Olot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “j” bandi (O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech