O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’z farzandini sotgan onaga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi

2018 yil 11 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qashqadaryo viloyat Qarshi shahri hududida fuqaro Q.F. o’zining 27.11.2018 yil tug'ilgan qiz farzandini 10.000.000 so’m evaziga fuqaro R.J.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech