O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi

2018 yil 21 noyabr kuni soat taxminan 00:05da, fuqaro I.Sh. Toshkent shahar Olmazor tumani hududida fuqaro A.O. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning bel qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada A.O. kasalxonaga yotqizilgan. I.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech