O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi

2018 yil 26 sentyabr kuni soat tahminan 07:30da, fuqaro Yu.J. Toshkent viloyat Bo’stonliq tuman hududida tanishi T.J. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning kurak sohasiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada T.J. kasalxonaga yotqizilgan. Yu.J. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech