Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan o‘quvchiga nisbatan bosqinchilik sodir qilindi

Andijon viloyati. 2021 yilning 01 may kuni soat 14:30 larda nomaʼlum shaxslar Andijon tumani Jahonobod mahallasida yolg‘iz yurgan 14 yoshli S.Odilbekning oldiga kelib, uning sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli “Samsung J 4” rusumli telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlari kelgan “Nexia” rusumli avtomashinaga o‘tirib hodisa joyidan yashiringanlar. Natijada S.Odilbek bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti kabi jarohatlar olgan. 

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 18 yoshli O.Abdulbosit, Q.Otabek va M.Asilbeklar sodir qilganliklari aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.Abdulbosit, Q.Otabek va M.Asilbeklarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.   

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech