O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’g’ri “Paynet” shohobchasini tunadi

2019 yil 1 yanvardan 2 yanvarga o’tar kechasi, noma'lum shaxs Andijon viloyat Andijon shahrida joylashgan, fuqaro A.K.ga tegishli “Paynet” to’lov shohobchasining eshigini buzish yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 3.350.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va qiymati 435.000 so’mlik «Vоucher» to’lov kartalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech