O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’g’ri do’konni tunadi

2019 yil 11 yanvardan 12 yanvarga o’tar kechasi, noma'lum shaxs Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumanida joylashgan, fuqaro Q.O.ga tegishli savdo do’koniga eshik qulfini buzish yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 8.950.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va qiymati 100.000 so’mlik “Voucher” to’lov kartalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech