O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uchkoʼprik tumanida oʼgʼri jinoyat ustida ushlandi

Fargʼona viloyati. 14 iyun kuni U.O. Kapaqoʼchqor qishlogʼida А.U.ga tegishli “avtomobillarga texnik xizmat koʼrsatish ustaxonasi”ga gʼayriqonuniy ravishda kirib, ustaxona omborxonasida boʼlgan seyfdagi 30 АQSh dollari, 160.000 soʼm pullari, narxi 4.500.000 soʼmlik 3 dona traktor shinalari, narxi 4.500.000 soʼmlik 30 dona velosiped shinalari, narxi 6.520.000 soʼmlik 40 dona velosiped kameralarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketayotgan vaqtida А.U.ni oʼgʼli А.S. tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yu.D.ga nisbatan Uchkoʼprik tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 2-qismi  “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech