O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Diqqat qidiruv!

Xorijga ishga yuborishga mo’ljanlangan ikki firma rahbariga nisbatan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga nisbatan qidiruv e'lon qilindi!

Aniqlanishicha, fuqaro I.Januzakov firibgarlik yo‘li bilan moddiy boylik orttirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan chet el davlatiga ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun olinishi lozim bo‘lgan litsenziya olmasdan turib, “GLOBAL WORKS RESOURCES” MChJ va “PROFELITE IMP XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MChJ XBAlarni tashkil qilgan. 2017 yil yanvar oyidan 2019 yil avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 181 nafar shaxslarni mazkur jamiyatlar orqali Janubiy Koreya davlatiga 6 oy muddatda ishga yuborishini va'da qilib, ularning har biridan jami 6,5 mlrd. so‘m pul mablag‘larini olib, bergan va'dasini bajarmasdan, olingan pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Dastlabki tergov jarayonida, I.Januzakovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168–moddasi 3–qismi «b» bandi (takroran sodir etilgan firibgarlik) bilan sirtdan ayblov e'lon qilingan hamda shu kunning o‘zida sirtdan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e'lon qilingan.

Ish bo‘yicha «PROFELITE IMP XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» XBA MChJga moliya xo‘jalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftish tayinlangan bo‘lib, tergov jarayonida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni o‘rnini qoplash maqsadida, ayblanuvchi I.Januzakovning ko‘char va ko‘chmas mulk ob’ektlariga hamda «PROFELITE IMP XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MChJning O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining fondida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lariga band solingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha I.Januzakovni yaqin qarindoshlari tomonidan qisman moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib I.Januzakov tomonidan yetkazilgan moddiy zararning tergov yo‘li bilan to‘liq qoplash choralari ta'minlanmoqda.

Agar Siz ushbu fotosuratda ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning qayerda ekanligi haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, shuningdek ushbu shaxsning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining (71) 231-32-17, (71) 231-35-202, (71) 233-65-34 telefoni yoki
"102" maxsus raqamlariga xabar berishingiz so‘raladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech