O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tarozi og‘ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘ldi

Namangan viloyati. 2021 yilning 12 may kuni soat 16:40 larda 23 yoshli A.Oxunjon Namangan tumani “Kurmak” mahallasida joylashgan savdo do‘koniga kelib, u yerda vaqtincha savdo ishlarini olib borayotgan 26 yoshli S.Olimjonga tegishli bir dona elektron tarozini buzib qo‘ygan, natijada S.Olimjon undan tarozini tuzatib berishini talab qilgan vaqtida tuzatib bermasligini aytib, S.Olimjonning qorin sohasiga pichoq bilan bir marotaba urib jarohat yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida S.Olimjon “og‘ir” turdagi tan jarohat olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Oxunjonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “L” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech