O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sirdaryoda koʼp miqdorda giyohvandlik vositasini saqlagan shaxs aniqlandi.

Sirdaryo. 2020 yilning 24 yanvarь kuni taxminan soat 16:30 larda Sirdaryo viloyati IIB va Transportda XTB JQB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Sirdaryo shahrida yashovchi fuqaro 37 yoshli V.B.ning xonadoni koʼzdan kechirilganda,

- mehmonxonadagi shkafdan 2 dona oq rangli polietilen paketga va bir dona kichik hajmdagi shisha idishga solingan qovurilgan nam holatdagi oʼziga xos hidga ega boʼlgan sof ogʼirligi 157,01 gr. “maslo kannabisa” giyohvandlik vositasi;

- oshxonachidagi stol ustidan sariq rangli sochiqqa oʼralgan quruq holatdagi yashil rangli sof ogʼirligi 319,08 gr. boʼlgan “marixuana” giyohvandlik vositasi;

- eski kir yuvish mashinasi tagidan qora rangli polietilen paketga oʼralgan quruq holatdagi yashil rangli sof ogʼirligi 60 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi;

- bundan tashqari 7 litrlik qozon ichida qovurilgan oʼziga xos hidga ega boʼlgan 27,28 gr. “maslo kannabisa” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan V.B.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech