O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zining mahallasida “talonchi”larga duch keldi

Qashqadaryo viloyati. 2021 yilning 25 may kunidan 26 may kuniga o‘tar kechasi tungi soat 01:00 larda nomaʼlum shaxslar Qarshi shahri Paxtazor mahallasidan o‘tib ketayotgan, ushbu mahallada yashovchi 29 yoshli A.Sh. ni hech bir sababsiz to‘xtatib, yuz qismiga urib qo‘lida bo‘lgan “Samsung J2” rusumli telefon apparati va cho‘ntagidagi 700.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 17 yoshli Sh.D., 14 yoshli Q.O. va 21 yoshli B.B.,lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan “Samsung J2” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech