O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryoda giyohvand vosita savdosiga chek qo‘yildi.

2020 yil 24 yanvar kuni taxminan soat 16:00 larda Surxondaryo viloyat DXX va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 60 yoshli A.U. Sho‘rchi tumani “Xayrabod” mahallasida tadbirga jalb qilingan “X” ismli shaxsga jami 8 dona oq-qizil rangli qog‘oz parchasiga qadoqlangan o‘tkir hidli sof og‘irligi 4.75 gr. bo‘lgan «Gashish» giyohvandlik vositasini jami 1.000.000 so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, ushbu kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan fuqaro A.U.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik binolari tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganida, A.U.ga tegishli eski erkaklar kurtkasi cho‘ntagidan 1 dona va hovlisidagi eski kir yuvish uskunasi ichidan jami 21 dona bo‘laklarga bo‘lingan holatda qora rangli polietilen paketga solingan umumiy og‘irligi 27.91 gr. bo‘lgan «Gashish» giyohvandlik vositasi mavjudligi aniqlangan va holislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va A.U. prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech