O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan shaxs hujjatlarsiz avtomashina boshqarishi oqibatida bir nafar inson vafot etdi yana ikki nafari esa shifoxonada

Namangan. 2020 yilning 28 iyun kuni soat 12:10 da Norin tuman Qorateri MFY ichki yoʼlining Yoshlik koʼchasi hududida 9-sinf oʼquvchisi 16 yoshli E.M., onasining nomiga rasmiylashtirilgan “Damas” rusumli avtomashinasini hech qanday hujjatlarsiz boshqarib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, shu yoʼnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan piyodalar 38 yoshli S.Q., 44 yoshli I.S. va 43 yoshli M.R., larni urib yuborgan.

Natijada S.Q., olgan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan, I.S., chap oyoq son suyagini yopiq sinishi, M.R. esa bosh miya chayqalishi kabi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda datslabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarinizga transport vositalarini boshqarishiga yoʼl qoʼymang.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech