O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аvtobus bilan toʼqnashgan “Nexia-2” avtomashinasi haydovchisi va 2 nafar yoʼlovchilari vafot etdi.

Buxoro. 2019 yil 29 noyabr kuni taxminan soat 07:00 larda “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi Buxoro viloyat Jondor tumani hududidan oʼtuvchi Toshkent-Qoraqalpogʼiston А-380 yoʼlining 305 km.da harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo'qotib, qarama-qarshi yoʼnalishga chiqib ketishi oqibatida, ushbu yoʼnalishda kelayotgan “Higer” rusumli avtobusning old qismi bilan toʼqnashib, yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda “Nexia-2” avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yoʼlovchilari hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan koʼzdan kechirilib, YTHning kelib chiqish sabablari va vafot etganlarning shaxsini aniqlash choralari koʼrilmoqda, holatning tafsilotlari yuzasidan qoʼshimcha maʼlumot beriladi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

-----------------------------------------------------------------------------------

 

Бухоро. 2019 йил 29 ноябрь куни тахминан соат 07:00 ларда “Nexia-2” русумли автомашина ҳайдовчиси Бухоро вилоят Жондор тумани ҳудудидан ўтувчи Тошкент-Қорақалпоғистон А-380 йўлининг 305 км.да ҳаракатланиб келаётган вақтида бошқарувни йўқотиб, қарама-қарши йўналишга чиқиб кетиши оқибатида, ушбу йўналишда келаётган “Higer” русумли автобуснинг олд қисми билан тўқнашиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир қилган.

Оқибатда “Nexia-2” автомашинасининг ҳайдовчиси ва 2 нафар йўловчилари ҳодиса жойида вафот этган.

Ҳозирда ҳодиса жойи тергов-тезкор гуруҳи томонидан кўздан кечирилиб, ЙТҲнинг келиб чиқиш сабаблари ва вафот этганларнинг шахсини аниқлаш чоралари кўрилмоқда, ҳолатнинг тафсилотлари юзасидан қўшимча маълумот берилади.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти

 Тайёрлади: капитан Ж.Қодиров

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech