O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoʼl-transport hodisasi oqibatida chet el fuqarosi vafot etdi.

Samarqand. 2019 yil 24 noyabr kuni taxminan soat 20:00 larda haydovchi Tojikiston Respublikasi fuqarosi 27 yoshli E.N. boshqaruvidagi “OPEL” rusumli avtomashinasida Buxoro-Samarqand yoʼnalishida “Buxoro-Samarqand” M-37 avtomobil yoʼlining 141 km.da harakatlanib ketayotgan vaqtida uxlab qolishi natijasida boshqaruvni yoʼqotib, yoʼlning oʼng tomonidagi beton toʼsiqqa urilib, yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan.

Yoʼl-transport hodisasi oqibatida haydovchi E.N. hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yoʼlovchisi 28 yoshli U.Q. turli tan jarohatlari bilan Paxtachi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 noyabr kuni Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

  O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech