O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayolga majburan uylanmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati. Denov tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga 20 yoshli Sug‘diyona X., ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 04 mart kuni soat 10:30 larda Denov tumani O‘rikzor MFY., hududida tanishi 28 yoshli Abdullo R., o‘ziga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasida uning oldiga kelib to‘xtab, ikkita nomaʼlum shaxslar bilan unga nisbatan kuch ishlatib, majburlab avtomashinasiga o‘tirg‘izib, ikki nafar sherigi avtomashinadan yo‘lda tushib qolganidan so‘ng, «menga erga tegsang uyinga olib borib qo‘yaman» deb shart qo‘yib olib qochib ketganligini hamda u Abdullo R.,dan qochib ketish maqsadida, unga turmushga chiqishga rozilik berib, ota-onasini ham rozi qilishga vaʼda berib uning qo‘lidan qochganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida, Abdullo R., Sug‘diyona X.,ning erga tegib ketmasligi uchun olib qochganligini, uning sheriklari 25 yoshli Zuxriddin S., hamda 18 yoshli Asliddin E., ekanliklari aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech