O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘g‘it oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona. 2020 yiling mart oyining boshlarida Buvayda tumanida 26 yoshli S.N., tanishi 37 yoshli B.Q., ga uning pullari evaziga ulgurji narxlarda qishloq ho‘jaligi mineral o‘g‘itlarini olib sotish biznesi bilan shug‘ullanishini va foydasidan B.Q., pullarini qaytarib berishini aytib, aldab, B.Q.,dan jami 25.000 AQSh dollari pullarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech