O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bozorda o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo. 2020 yilning 27 may kuni soat 04:20 da 31 yoshli A.R., o‘zning xatti-harakatlari bilan jamoat tartibini buzayotganligini va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini yaqqol anglagan holda, jamoat joyi hisoblangan Oltinsoy tumani “Shakarqamish” mahallasi hududida joylashgan “Do‘g‘oba” dehqon bozorida fuqarolarning osoyishtaligini buzib, voyaga yetmagan 16 yoshli Q.Yu., ni hech bir sababsiz chap ko‘z sohasiga jism bilan qasddan urib, unga “og‘ir” tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Oltinsoy tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech