O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xonadondagi qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Qashqadaryo viloyati. 2021 yilning 13 mart kuni IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida, shu kuni soat 23:00 larda 38 yoshli Aziz K., Shahrisabz tumani Anday qishlog‘ida joylashgan yashash xonadonida 8 nafar fuqarolarga o‘yin kartasi yordamida qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, xonadonidan 12 dona o‘yin kartasi, qimor uchun tikilgan 2 844 000 so‘m va 50 AQSH dollar pul mablag‘lari Aziz K.,dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Aziz K., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech