O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘istonda “geroin” sotayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston. 2021 yil 16 fevral kuni Ellikqalʼa tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida To‘rtko‘l tumani O‘zbekiston OFY hududida 41 yoshli Aybek K. va 36 yoshli Axmad ye. ismli shaxslar maxsus xaridorga 1.200.000 so‘m pul evaziga chaqmoq shakldagi daftar varag‘iga o‘ralgan qo‘ng‘ir sarg‘ish rangli, donador, kukunsimon va uksus hidli sof og‘irligi 0,17 gramm “GEROIN” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu modda “Geroin” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Ellikqalʼa tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov jarayonida og‘ufurushlarga nisbatan ayblov eʼlon qilinib “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Hozirda giyohvandlik moddasini kelib chiqishi aniqlanmoqda. Tergov yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech