O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Gʼuzorlik “kannabis” oʼsimligini yetishtiruvchi shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyati. 2020 yil 04 may kuni soat 12:30 da Gʼuzor tumani hududida oʼtkazilayotgan “Qoradori-2020” maxsus profilaktik tadbiri davomida Gʼuzor tumani “Martepa” qishlogʼida yashovchi fuqaro 43 yoshli Z.T.,ning yashash xonadoni koʼzdan kechirilganida, tomorqaning umumiy 39 kvadrat metr yer maydoniga jami 22 tup «kannabis» giyohvandlik oʼsimligini ekib parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan. Shuningdek, ushbu kuni Z.T., kelgusida oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligini maʼlum qilib, oʼzi ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan bir dona oq rangli polietilen paketga solingan sof ogʼirligi 1,3 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Gʼuzor tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Z.T.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 276-moddasi 1-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech