O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nurafshon shahrida noqonuniy giyohvand moddasi aylanmasining oldi olindi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 24 mart kuni Ohangaron shahar IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor-tadbir davomida 44 yoshli Rinat B., Nurafshon shahar markazida shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 750.000 soʼm evaziga bir dona shprits ichida boʼlgan suyuqlikni sotgan vaqtida ushlanib, Oʼrtachirchiq tumani Burgalik mahallasida joylashgan xonadoni koʼzdan kechirilganda oʼz xoxishi bilan uyining tovuqxonasida saqlab kelayotgan 6 dona qora rangli polietelin paket ichida boʼlgan oʼtkir hidli, qora rangli moddalar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida Rinat B.,dan olingan sof vazni 127.3 gramm boʼlgan moddalar “Marixuana” ekanligi koʼrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Rinat B.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini oʼtkazish maqsadini koʼzlab qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga koʼra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech