O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fargʼonada talonchilik sodir etgan shaxs ushlandi

Fargʼona. 2020 yilning 30 iyun kuni soat 04:30 da Qoʼqon shahar Turkiston koʼchasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shaxobchasining qorovulxonasidan, 23 yoshli D.K. umumiy qiymati 2.500.000 soʼmlik “Samsung” rusumli televizorini olib chiqib ketayotgan vaqtida, qorovul  59 yoshli Q.D. tomonidan aniqlanib ushlanmoqchi boʼlganida qorovulni itarib yuborib hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida D.K., dan “Samsung” rusumli televizor ashyoviy dalil tariqasida olinib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. tergov harakatlari davom etmoqda.     

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech