O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аvtomashina yuvish shahobchasidan transport vositasi olib qochildi

Fargʼona. 2020 yilning 11 iyun kuni Fargʼona shahar Farobiy koʼchasida yashovchi 33 yoshli S.K., Oltiariq tumani IIB, ga qoʼngʼiroq qilib, shu kuni soat
14:00 da Oltiariq tumani Sharq MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shahobchasiga oʼziga tegishli boʼlgan “Nexia-3” rusumli avtomashinani yuvdirish uchun qoldirib, soat 15:30 da avtomashinasini olib ketish uchun kelgan vaqtida avtomashina joyida yoʼq ekanligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida S.K., ga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashina Fargʼona shahar Аl-Xorazmiy MFY hududidan topilib, avtomashinani 38 yoshli O.F., olib qochganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov jarayonida O.F., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar yuqoridagi kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida boshqaruvingizdagi transport vositalarini doʼkon oldida, avtomashinalarni yuvish shahobchasida yoki boshqa joylarda qarovsiz qoldirib ketmang, ehtiyot boʼling.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech