O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan jinoyatchilar ushlandi.

Buxoro. 2020 yilning 17 fevral' kuni muqaddam sudlangan 28 yoshli J.Ya. va 33 yoshli B.S. lar muqaddam javobgarlikka tortilganliklaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, 52 yoshli Z.J.ning “Shibirg‘on” mahallasida joylashgan uyiga devor orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 10.660.000 so‘mlik qimmatbaho buyumlarini yarishin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida qo‘lga kiritilgan qimmatbaho buyumlarning katta qismi jabrlanuvchiga qaytarilgan. J.Ya. va B.S.larga nisbatan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov davom ettirilmoqda.     

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech