O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Angrenda yigit o‘z tengdoshini pichoqladi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 03 iyun' kuni soat 23:30 da, 21 yoshli M.S. Angren shahar Ohangaron ko‘chasida joylashgan “Al-Aziz” kafesi oldida joylashgan avtobus bekati atrofida, tanishi 21 yoshli A.O. bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida M.S. o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘i bilan O.A., ning o‘ng biqin sohasiga bir marotaba zarb bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada O.A. olgan tan jarohatlari bilan Angren shahar markaziy shifxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.M., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech