O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Olmaliqda talonchilik qilgan shaxs ushlandi.

Toshkent viloyati. 2020 yil 18 yanvar kuni taxminan soat 15:00 larda, nomaʼlum shaxs Olmaliq shahar, А.Temur koʼchasida fuqaro 31 yoshli Sh.R.ga hayot yoki sogʼliq uchun xavfli boʼlmagan zoʼrlik ishlatib, unga tegishli bahosi 1.200.000 soʼmlik “REDMI-6” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Olmaliq shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 29 yoshli V.K. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu kuni Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan V.K.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va V.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech