O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oxangaronda 4 nafar shaxs fermer xo‘jaligiga bosqinchilik uyushtirishdi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 25 dekabr kuni soat 20:30 larda muqaddam sudlangan 30 yoshli Abduxamid F., o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon toroj qilish maqsadida, tanishlari, 26 yoshli Sagdulla A., Shoxrux F. hamda 25 yoshli Xasan S., va “Davron” ismli shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Ohangaron tumani “ShodmalikMFY,da  joylashgan fermer xo‘jaligiga kirishib, fermer xo‘jaligi qorovulxonasidagi oynani sindirib, oyna sinig‘i va o‘sha yerda bo‘lgan yog‘och tayoqlar bilan qurollanib, fermer xo‘jaligining 9 nafar ishchilariga hujum qilishib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib, ularga turli xil tan-jarohatlari yetkazishib, ikki dona narxi 120.000 so‘mlik “MAXVI” rusumli qo‘l telefonlari va narxi 145.000 so‘mlik qora rangli kurtka, narxi 150.000 so‘m bo‘lgan “FLY” rusumli qo‘l telefoni, narxi 40.000 so‘mlik  “Nokia 1110” rusumli uyali telefoni hamda narxi 180.000 so‘mlik “INOI” rusumli uyali telefonlarini talon-taroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Natijada fermer xo‘jalik ishchilari turli tan jarohatlari bilan Ohangaron tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida yuqoridagi shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida talon toroj qilingan buyumlar rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “B” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxslarning har biriga ayblov eʼlon qilinib “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech