O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijonda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar aniqlandi

2021 yilning 08 yanvar kuni soat 02:00 larda ikki nafar nomaʼlum shaxslar yuzlariga niqob kiyib olgan holda Qo‘rg‘ontepa tuman Nurli yog‘du MFY.,da yashovchi 60 yoshli Saxodat A.,ning yashash xonadoniga kirish eshigi oynasini sindirib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, pichoq bilan xonadon egasiga hujum qilib, unga hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qo‘l va oyoqlari hamda og‘zini skoch yordamida bog‘lab, quloqlaridagi 1 juft narxi 700.000 so‘mlik sirg‘asini, qo‘lidagi 1 dona narxi 300.000 so‘mlik uzugini talon-toroj qilib, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 26 yoshli Umidjon M. xamda 38 yoshli Maqsadjon A.,lar sodir etganligi aniqlanib, jinoyatchilarni birining yashash uyi tintuv qilinganda, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 1 juft ayollar sirg‘asi, 1 juft qo‘lqop ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Umidjon M. va Maqsadjon A.,lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech