O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Karantinga yopilgan doʼkondan oʼgʼirlik sodir etgan shaxs aniqlandi

Navoiy. 2020 yilning 31 mart kunidan 4 aprelь kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxs Navoiy shahrida joylashgan fuqaro Sh.I.,(ayol) ga tegishli boʼlgan doʼkonga deraza oynasini sindirish yoʼli bilan gʼayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan umumiy qiymati 50.755.000 soʼmlik turli xildagi atir-upalar va kumushdan ishlangan ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib berilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 42 yoshli А.А., sodir etganligi aniqlanib, hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech