O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼzi ishlab kelgan korxonadan oʼgʼrilik sodir etgan ishchi aniqlandi

Navoiy. 2020 yilning 17 fevral kunidan 13 mart kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida noʼmalum shaxs, Navoiy shahar “Elektrokimyo” OАJ hududida joylashgan, MChJning kirish darvozasi plombalarini buzish yoʼli bilan ichkariga kirib, MChJga tegishli jami narxi 30.000.000 soʼmlik 14 ta elektrodvigatel va 1 dona reduktor uskunalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Navoiy shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur oʼgʼirlik jinoyatini shu MChJ ishchisi 30 yoshli J.Sh., sodir etganligi aniqlangan va undan 14 dona elektrodvigatelь va 1 dona reduktor uskunalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech