O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositasi yetishtirgan qariya aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 03 avgust kuni IIB xodimlari tomonidan Yuqorichirchiq tumanida o‘tkazilayotgan “Qora dori-2020” tezkor tadbiri davomida, Toshto‘g‘izoq mahallasida yashovchi 61 yoshli Ye.K., ning xonadoni ko‘zdan kechirilgan vaqtda, tomorqadagi hojatxonaning orqa tomonidagi quruq o‘tinlar orasiga yashirincha 2 m2 yer maydoniga jami 10 tup «Kannabis» o‘simligini qonunga xilof ravishda yetishtirib parvarishlab kelayotganligi, bundan tashqari 3 dona kesilgan sig‘imi 1,5 litrli yelim baklajkalar ichida 41,92 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ye.K., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech