O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Telegram” orqali kredit olib berishni va'da qilgan shaxs aniqlandi

Farg‘ona. 2020 yilning 24 aprel' kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida noma'lum shaxs Buvayda tumanida yashovchi 37 yoshli M.A., (ayol) ga 28.000.000 so‘m miqdordagi pullarni onlayn kredit asosida rasmiylashtirib berishni va'da qilib, kredit uchun oldindan 1.400.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgangan.

Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, fuqaro M.A., nining plastik kartasidan 1.400.000 so‘m pul mablag‘larini 27 yoshli U.S., o‘zining sim-kartasiga rasmiylashtirgan holda ishlatib kelganligi aniqlanib, unga tegishli bo‘lgan plastik va sim kartalar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda U.S., ga nisbatan yuqoridagi modda bilan ayb elon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hurmatli fuqarolar, shu kabi firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmasligingiz uchun, kredit olish masalalarida rasmiy banklarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech