O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mineral o‘g‘itlar olib berishni va'da qilgan firibgar aniqlandi

Farg‘ona. Fuqaro 52 yoshli G‘.M., Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil oktyabr' oyida Farg‘ona shahar Muzaffarov ko‘chasida tanishi 47 yoshli X.M., unga 8.050 dona qopdagi “karbamid” mineral o‘g‘itlarini olib berishini aytib, tilxat yozib berib jami 53.800 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olganligini, biroq shu kungacha mineral o‘g‘it olib bermayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech