Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Zangiotada o‘g‘irlik qilgan Mirishkorlik shaxs ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 13 sentyabr kuni soat taxminan 17:30 dan 21:00 largacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, nomaʼlum shaxs Zangiota tumani, Xonabod hududi, Bobur mahallasida yashovchi 31 yoshli M.Yu.,ning yashash xonadoniga devordan oshib o‘tish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uyining yotoqxonasida turgan shkaf ichidagi kiyimlar orasida bo‘lgan jami 5.300 AQSH dollari miqdoridagi naqd pullarni, jovon ustidagi uch dona “RED-Mi” rusumli telefon apparatlari, otasi M.Yu.,ning yotoqxonasidagi shkaf ichidan 1.800.000 so‘m miqdorida naqd pul hamda jovon tortmasidan umumiy bahosi 20.000 AQSH dollari qiymatiga teng bo‘lgan 16 dona turli xildagi ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa  joyidan yashiringan.       

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi, 33 yoshli S.B., sodir etganligi aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha S.B., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun O‘zbekiston Repsublikasi Jinoyat kodeksida 8-15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech